19 Dekabr 2024 77

MOQning yaqin hamkori Anvar Ilyasov xalqaro fototanlovda ikkinchi oʻrinni egalladi

Boku shahri (Ozarbayjon)da Xalqaro badiiy fotografiya assotsiatsiyasi (IAAP) va “Gilavar Photo Club of Azerbaijan” tashkilotlari tomonidan Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida faoliyat olib borgan fotomuxbirlar uchun konkurs oʻtkazildi. Ahamiyatlisi, unda “Parijni zabt et” nomli surati bilan qatnashgan Oʻzbekiston MOQning yaqin hamkori, oʻzbek fotojurnalsitikasining dargʻalaridan biri Anvar Ilyasov kumush medalga sazovor boʻldi.

Qayd etish joiz, A.Ilyasov Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida 7 ta yozgi Olimpiya va 6 ta yozgi Osiyo oʻyinlarida qatnashib, sportchilarimizning unutilmas onlaridan tarixiy suratlarga mualliflik qilgan. Bu uning xalqaro maydonda qoʻlga kiritgan toʻrtinchi mukofoti boʻldi. Bungacha hamyurtimiz 2015 va 2018-yillar Moskvadagi “Gʻalaba energiyasi” tanlovida oltin hamda bronza, 2016-yil Sofiyada sport kurashlari olamida tashkil etilgan koʻrgazmada maxsus sovringa ega chiqqan edi.

Text to speech