15 Dekabr 2024 87

Gulistan Perdibayeva Jahon kubogida kumush medalga ega chiqdi

Ayni kunlarda Germaniyaning Dormagen shahrida yigitlar va Vengriyaning Budapesht shahrida qizlar oʻrtasida qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha U20 yosh toifasidagi Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Yakkalik yoʻnalishida kechgan bellashuvlarda Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi Guslitan Perdibayeva kumush medalga sazovor boʻldi.

Hamyurtimiz finalda xitoylik Sueyi Raoga imkoniyatni boy berdi va ikkinchi oʻrin bilan cheklandi. Afsuski, yigitlarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi. Bugun atletlarimiz jamoaviy yoʻnalishda bahs olib borishadi.

Text to speech