15 Dekabr 2024 1001

“Uzbekistan global tour”ning navbatdagi gʻoliblari aniq

Toshkentda ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “Uzbekistan Global Tour” musobaqasining yana bir bosqichi ortda qoldi. Yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mohir chavandozlar ishtirokidagi bellashuvlarda oʻz yoʻnalishlarida gʻalaba qozongan sportchilar bilan tanishing:

“A” toifasi, 140 sm (toʻsiq balandligi): Alisher Erkinov
“D” toifasi, 125 sm: Aʼzam Tolibboyev
“B” toifasi, 120-125 sm: Yormuhammad Fozilxoʻjayev
“E” toifasi (kattalar), 110 sm: Taisiya Lokteva
“C” toifasi (yoshlar), 110 sm: Sevinch Nazarova
“F” toifasi (havaskorlar), 100 sm: Nurmuhammad Kamoliddinov
“F” toifasi (sakrashni endi boshlagan otlar), 100 sm: Anna Sigidina

Text to speech