Stol tennisi bo‘yicha mamlakat birinchiligida g‘oliblar aniqlandi
Toshkent viloyatida stol tennisi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati tashkil etildi. Qiziqarli kurashlarga boy bahslar 2025 yil uchun terma jamoa tarkibini shakllantirib olish imkoniyatini taqdim qildi.
Yakunda ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda amaldagi chempion Marhabo Magdiyeva yana bir karra g‘oliblikka erishdi. Zohid Kenjayev sportchilik faoliyatini yakunlagach uning o‘rniga Shohruh Iskandarov birinchi raqamli raketkaga aylandi. Batafsil:
Erkaklar, yakkalik:
1. Shohruh Iskandarov
2. Qutbidillo Teshaboyev
3. Temur Nurmanov
3. Amir Matniyazov
Juftlik:
1. Qutbidillo Teshaboyev / Diyor Dilshodov
2. Shohruh Iskandarov / Xurshid Ahmedov
3. Dovud Lutfillayev / Ro‘zimuhammad Rahmonov
3. Rahmatullo Abdurashidov / Temur Nurmanov
Ayollar, yakkalik:
1. Marhabo Magdiyeva
2. Adelina Hasanova
3. Nasiba Tojiohunova
3. Asel Erkebayeva
Juftlik:
1. Adelina Hasanova / Arujan Kamalova
2. Marhabo Magdiyeva / Asel Erkebayeva
3. Mehriniso Norqulova / Diana Polegayeva
3. Nasiba Tojiohunova / Mohira Abdullayeva
Mikst:
1. Qutbidillo Teshaboyev / Marhabo Magdiyeva
2. Sarvar G‘ulomov / Arujan Kamalova
3. Doniyor To‘ramuhamedov / Mohiro‘y Kamolova
3. Biloliddin Komiljonov / Nasiba Tojiohunova