13 Dekabr 2024
465
Oʻzbek dzyudosi vakillari uchun ovoz bering
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF)ning 2024-yil yakunlariga koʻra eng yaxshilarni aniqlash borasida e'lon qilgan yoʻnalishlarida oʻzbek dzyudosiga aloqador quyidagi 5 nomzodlarni uchratish mumkin:
- Bolalar uchun dzyudo: Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining tashabbusi bilan tashkil etilgan “judogirls.uz” loyihasi;
- Yil voqeligi: Diyora Keldiyorovaning yaponiyalik Uta Abe ustidan qozongan gʻalabasi;
- Muvaffaqiyatli murabbiylik: Marko Shpittka (Oʻzbekiston ayollar terma jamoasidagi ishi uchun);
- Yilning eng yaxshi ayol dzyudochisi: Diyora Keldiyorova;
- Yil ipponi: Muhammad Jumayevning Dushanbe "Katta dubulg'a" turniridagi usuli.
Ovoz berish faqatgina IJF ning JudoTV platformasi orqali amalga oshiriladi. Buning uchun JudoTV mobil ilovasini yuklab olish yoki quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Ovoz berish 2025-yilning 10-yanvarigacha davom etadi.