10 Iyul 2021 1923

Kamoliddin Ro‘zimuhammedovni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi Bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhammedov o‘z tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

Kamoliddin Ro‘zimuhammedov 1985-yil 10-iyul kuni tavallud topgan. Yengil atletika bo‘yicha sport ustaligiga nomzod. Faoliyati davomida Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabida trener, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlagan. Hozirda mazkur federatsiya Bosh kotibi vazifasini bajarib kelmoqda.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Kamoliddin Ro‘zimuhammedovni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr-sihat salomatlik va omad tilab qoladi.

Text to speech