11 Dekabr 2024 288

Osiyo chempionatining bugungi finallarida yigitlarimizga omad tilaymiz

Bugun Tailandda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetadi. Ma’lum qilganimizdek, musobaqani erkaklar o‘rtasidagi final bahslari yakunlab beradi. Ushbu bosqichga O‘zbekiston terma jamoasi eng ko‘p sportchi bilan yetib kelgan bo‘lib, kun davomida 10 nafar sportchimiz chempionlik uchun ringga ko‘tariladi. Ahamiyatlisi, bugungi finallarning 7 tasida O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoasi vakillari o‘zaro to‘qnash kelishadi. To‘liq juftliklar:

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston)
-51 kg: Asilbek Jalilov - Marvin Tabamo (Filippin)
-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston)
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Orazbek Assilkulov (Qozog‘iston)
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Somchay Vongsuvan (Tailand)
-67 kg: Mujbillo Tursunov - Dulat Bekbauov (Qozog‘iston)
-71 kg: Havasbek Asadullayev - Ablayxan Jussupov (Qozog‘iston)
-75 kg: Javohir Ummataliyev - Dias Moljigitov (Qozog‘iston)
-80 kg: To‘rabek Habibullayev - Jinxiang Vang (Xitoy)
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Bekzad Nurdauletov (Qozog‘iston)

Text to speech