10 Dekabr 2024 318

Ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatini kumush va bronza medallari bilan boshladik

Bahrayndan yana bir xushxabar. Ogʻir atletikachimiz Muhammadqodir Toshtemirov jahon chempionatida ikkinchi medalni qoʻlga kiritdi.

-81 kg vazn toifasida qatnashgan yurtdoshimiz dast koʻtarish mashqida 165 kg natija bilan kumush medalga ega chiqqani haqida xabar bergan edik. Polvonimiz siltab koʻtarish mashqida 190 kg bilan toʻqqizinchi boʻldi. Umumiy hisobdagi 355 kg Toshtemirovga bronza medalini taqdim qildi.

Musobaqada ishtirok etadigan qolgan atletlarimiz ham mana shunday muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini tilaymiz.

Text to speech