10 Dekabr 2024 296

Muhammadqodir Toshtemirov jahon chempionatida terma jamoamizga dastlabki medalni keltirdi

Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Muhammadqodir Toshtemirov (-81 kg) Bahraynda oʻtayotgan jahon chempionatida kumush medalga sazovor boʻldi.

Hamyurtimiz dast koʻtarish mashqida 165 kg natija qayd etishga erishdi. Bu bilan Toshtemirov faqatgina shimoliy koreyalik raqibiga 1 kg imkoniyatni boy berdi va oʻzi uchun kumush medalni naqd qildi. Sportchimizga siltab koʻtarish mashqida ham omad tilaymiz.

Text to speech