10 Dekabr 2024 274

Mixail Kleshko jahon chempionatida O‘zbekiston rekordini yangiladi

Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahrida kichik havzada suzish boʻyicha jahon chempionati boshlandi. Musobaqaning ilk kunida hamyurtimiz Mixail Kleshko ishtirok etdi.

100 metrga chalqancha usulda suzish dasturida qatnashgan yurtdoshimiz saralashda 54.84 soniya natija qayd etib, mazkur yoʻnalishdagi mamlakat rekordini yangilashga muvaffaq boʻldi. Biroq bu koʻrsatkich suzuvchimizga yarim final yoʻllanmasi uchun kamlik qildi. Endi u 12-dekabr kuni mazkur usulda 50 metr masofaga kechadigan bahslarda oʻz omadini sinab koʻradi.

Text to speech