10 Dekabr 2024
323
Bugun og‘ir atletikachilarimiz jahon chempionatidagi chiqishlarini boshlashadi
Bahraynning Manama shahrida ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati qizgʻin davom etmoqda. Bugun unda qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ishtiroklarini boshlashadi.
Maʼlum qilganimizdek, kun davomida hamyurtlarimizdan Shahloxon Abdullayeva (16:00) hamda Muhammadqodir Toshtemirov (19:30) supachaga chiqadi. Shahloxon -64 kg vazn toifasidagi qizlar bahsida “В” guruhida qatnashsa, Toshtemirov -81 kg vazn toifasidagi erkaklar oʻrtasida “A” guruhida medallar uchun kurash olib boradi. Boʻlajak bahslarda barcha yurtdoshlarimizga omad tilaymiz!