10 Dekabr 2024 306

Yetti nafar bokschi qizimiz Osiyo chempionligi uchun bahs olib boradi

Bugun Tailandning Chiangmay shahrida tashkil etilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasidagi final janglari bo‘lib o‘tadi. Xabar berganimizdek, O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar a’zosi mazkur bosqichga yetib kelgan. Kun davomida chempionlik uchun ringga ko‘tariladigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-48 kg: Farzona Fozilova - Linx Chi Ngo (Vyetnam)
-52 kg: Feruza Kazakova - Svitlana Umanska (Ukraina)
-54 kg: Aziza Yakubova - Natnicha Chongprongklang (Tailand)
-57 kg: Nigina O‘ktamova - Punrave Ruyenros (Tailand)
-66 kg: Navbahor Hamidova - Xuiping Yuan (Xitoy)
-75 kg: Aziza Zokirova - Lina Vang (Xitoy)
+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva - Yeldana Talipova (Qozog‘iston)

Text to speech