9 Dekabr 2024
317
Jasurbek Jaysunov “Katta dubulgʻa chellenjer” turniri chempioni!
Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT boʻyicha “Katta dubulgʻa chellenjer” turniri oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kunida -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jasurbek Jaysunov oltin medalga sazovor boʻldi.
Barcha bellashuvlarda raqiblaridan mahorat bobida ustun ekanini koʻrsatgan Jaysunov finalda ham mezbon sportchiga hech qanday imkonyat qoldirmadi va kelasi yil oʻtkaziladigan asosiy musobaqa ishtirokchisiga aylandi. Eslatib oʻtamiz, birinchi kungi bahslarda Shuhrat Salayev (+80 kg) kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.
Endi hamyurtlarimiz ertaga oʻtkaziladigan jamoaviy dasturdagi jahon kubogining finalida ishtirok etishadi.