Eng ko‘p finalchi bizda!
Tailandda yakuniga yetib borayotgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi qit’amizdagi yetakchiligini yana bir bor namoyish etmoqda. Bugun erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan yarim final janglarida ringga koʻtarilgan 11 nafar bokschimizdan 10 tasi gʻalaba qozonib, 11-dekabr kuniga belgilgangan final bosqichiga yoʻl oldi. Shubhasiz, bu bilan erkaklar terma jamoamiz ishtirokchi davlatlar orasida eng koʻp finalchiga ega boʻldi. Bugungi natijalar:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev - Bryan Barikuatro (Filippin) 5:0
-51 kg: Asilbek Jalilov - Pasindu Godakandalage (Shri-Lanka) 5:0
-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Elmir Nabiyev (Ukraina) 5:0
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Klark Bautista (Filippin) 5:0
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Eshley Fajardo (Filippin) 3:0
-67 kg: Mujbillo Tursunov - Bunjong Sinsiri (Tailand) 5:0
-71 kg: Havasbek Asadullayev - Byamba-Erdene Otgonbaatar (Moʻgʻiliston) 4:1
-75 kg: Javohir Ummataliyev - Cheng-En Liu (Xitoy Taypeyi) nokaut
-80 kg: Toʻrabek Habibullayev - Yerassil Jakpekov (Qozogʻiston) 4:3
-86 kg: Jasurbek Yoʻldoshev - Ahmadjon Saidov (Tojikiston) 5:0
+92 kg: Jahongir Zokirov - Oybek Oralbay (Qozogʻiston) 0:5