8 Dekabr 2024
1088
Shuhrat Salayev “Katta dubulgʻa chellenjer” turnirida kumush medalga sazovor boʻldi
Xabar berib oʻtganimizdek, Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT boʻyicha “Katta dubulgʻa chellenjer” turniri davom etmoqda. Dastlabki kunda hamyurtlarimizdan Shuhrat Salayev kumush medal bilan birga 2025-yil tashkil etiladigan asosiy “Katta dubulgʻa” musobaqasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
Bugungi bahslarda Omonjon Otajonov (-58 kg), Jasurbek Jaysunov, Mavlonbek Toʻxtasinov (-80 kg) hamda Gulsanam Alijonova (+67 kg) medallar uchun kurashishmoqda.




