7 Dekabr 2024
1098
Abdurahmon Abdullayev Sharjadagi xalqaro turnirda g‘alaba qozondi
Konkur boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdurahmon Abdullayev yana bir xalqaro musobaqada zafar quchdi. Hamyurtimiz bu gal BAAning Sharja shahrida tashkil etilgan turnirda gʻalaba qozondi.
Yurtdoshimiz CSI2* tasnifidagi musobaqada 140 sm balandlikdan sakrash yoʻnalishida eng yuqori natijani qayd etishga erishdi. Mazkur musobaqada chavandozimizga “Go fout it B” laqabli tulpori hamrohlik qildi.
