7 Dekabr 2024 865

Bugun ayollar o‘rtasida yarim final bahslari tashkil etiladi

Tailand mezbonligida kechayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati hal qiluvchi pallaga kirmoqda. Bugun ayollar o‘rtasida yarim final janglari o‘tkaziladi. Ushbu bosqichga O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar a’zosi yetib kelgan bo‘lib, ular kun davomida quyidagi raqiblariga qarshi final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilishadi:

-48 kg: Farzona Fozilova - Aygerim Sattibayeva (Qozog‘iston)
-50 kg: Sabina Boboqulova - Raksat Chutxamat (Tailand)
-52 kg: Feruza Kazakova - Jazira Urakbayeva (Qozog‘iston)
-54 kg: Aziza Yakubova - Venchian Xu (Xitoy)
-57 kg: Nigina O‘ktamova - Riza Pasuit (Filippin)
-66 kg: Navbahor Hamidova - Milana Safronova (Qozog‘iston)
-75 kg: Aziza Zokirova - Mariya Borutsa (Ukraina)
-81 kg: Sohiba Ro‘zmetova - Gulsaya Yerjan (Qozog‘iston)
+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva - Mariya Lovchinska (Ukraina)

Text to speech