6 Dekabr 2024 1345

Manamada ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati boshlandi

Bugun Bahrayn poytaxti Manama shahrida ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati start oladi. Musobaqadan avval Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasining navbatdagi Kongressi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston nomidan Sport vazirining oʻrinbosari, mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov ishtirok etdi.

Kongress davomida tashkilotning yangi Olimpiya sikli uchun oʻz oldiga qoʻygan rejalari koʻrib chiqildi. Koʻpchilikning diqqat-eʼtiborini tortgani Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun eʼlon qilingan vazn toifalari boʻldi. Unga koʻra, AQShda oʻtadigan Olimpiadada erkaklar va ayollar oʻrtasida 8 tadan, jami 16 ta vazn toifasi amal qilishi eʼlon qilindi. Eslatib oʻtamiz, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ogʻir atletikachilar 5 tadan, jami 10 vazn toifasida medallar uchun kurash olib borgan edilar.

Boʻlajak dunyo birinchiligida Oʻzbekiston terma jamoasining 6 nafar aʼzosi qatnashadi. Hamyurtlarimiz oʻz ishtiroklarini 10-dekabr kunidan boshlashadi.

Text to speech