5 Dekabr 2024 917

Qilichbozlarimiz Orlean Gran-prisidagi ishtiroklarini boshlashmoqda

Bugundan Fransiyaning Orlean shahrida qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Gran-pri turniri start oladi. Musobaqaning dastlabki kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Zaynab Dayibekova va Gulistan Perdibayevalar bahslarga kirishishadi.

Erkaklar oʻrtasidagi bellashuvlarda esa Islambek Abdazov, Musa Aymuratov, Zuhriddin Qodirovlar yurtimiz sharafini himoya qiladi. Maʼlumot uchun, musobaqa 7-dekabrga qadar davom etadi.

Text to speech