Taekvondochilarimiz ham Tokioga yo‘l olishdi
23-iyul kuni Tokioda yozgi Olimpiya o‘yinlari start oladi. Unda O‘zbekiston taekvondochilari tarixda ilk bor 4 nafar sportchi bilan ishtirok etishadi.
Musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rish, Yaponiya iqlimiga moslashish maqsadida taekvondo terma jamoamiz 9-22 iyul kunlari Tokio shahrida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi. Unda 13 nafar sportchi qatnashadi.
Bugun tongda terma jamoa delegatsiyasi Istanbul orqali Tokioga jo‘nab ketdi. Jamoa quyidagi tarkibda kunchiqar yurtga yo‘l oldi:
Taekvondochilar:
Madinabonu Mannopova
Charos Qayumova
Ozoda Sobirjonova
Nigora Tursunqulova
Feruza Sodiqova
Svetlana Osipova
Niyaz Po‘latov
Sardor Toirov
Ulug‘bek Rashitov
Jasur Jaysunov
Nikita Rafalovich
Shuhrat Salayev
Shohruh Rajabov
Murabbiylar:
Aleksandr Kim
Pavel Xan
Pahlavon Sobirov
Dmitriy Xvan
Stanislav Dogbayev (massajchi)
Masud Yusunov (shifokor)
Vyacheslav Popov (xorijiy mutaxassis)
Oleksey Cherniyev (xorijiy mutaxassis)
Bobir Akbarov (Menejer)
Murodjon Choriyev (Bosh kotib v.v.b)