4 Dekabr 2024 1080

“Uzbekistan global tour”da navbatdagi bosqich ortda qoldi

Konkur boʻyicha “Uzbekistan global tour” musobaqasining 4-bosqich bahslari boʻlib oʻtdi. Ahamiyatlisi, mazkur bosqich bellashuvlari 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga bagʻishlandi. Turnirga Sergeli tumanidagi 33-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktabi tarbiyalanuvchilari mehmon sifatida taklif etildi va ularga bayram sovgʻalari ulashildi.

Qiziqarli bahslar yakunida oʻz yoʻnalishida gʻolib boʻlgan sportchilar bilan tanishing:

“A” toifasi, 135 sm (toʻsiq balandligi): Alisher Erkinov (“Kuldenser” laqabli otda);
“D”, 120 sm: Alisher Erkinov (“Prins Kornet”);
“B”, 115-120 sm: Yormuhammad Fozilxoʻjayev (“Akdarius”);
“E”, 110 sm: Bekzod Roʻzmuhammedov (“Navroʻz”);
“C”, 105 sm: Firdavsbek Davronbekov (“Bakarboni Ji”);
“F”, 95 sm: Alisher Erkinov (“Javita”);
“F”, 95 sm (havaskorlar): Asalxon Saidahmedova (“Artist”).

Text to speech