3 Dekabr 2024 92

Toshkent viloyatidagi sport maktablari va ularning infratuzilmasi oʻrganilmoqda

Otabek Umarov boshchiligidagi MOQ mutasaddaliri reja asosida joylardagi oʻrganish ishlarini olib borishmoqda. Bugun kun davomida mutasaddilar Toshkent viloyatidagi bir qator sport obyektlari va taʼlim muassasalarini koʻzdan kechirishadi. Dastlab sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi, viloyat sport boshqarmasi hamda Nurafshon shahar sport maktabi eʼtibor markazida boʻldi.

MOQ rahbariyati bu maskanlardagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Tashkilot masʼullari yaratilgan sharoitlar, mashgʻulotlar jadvali, yoshlarni sportga yanada keng jalb etish boʻyicha ishlab chiqilgan dastur va hozirgi shugʻullanuvchilar haqida umumiy maʼlumot berishdi. Rasmiylar bu borada oʻz fikrlarini bildirishar ekan, Toshkent viloyati mamlakatimiz sportida muhim oʻrin tutishini, undagi imkoniyatdan toʻliq foydalangan holda professional sportda yanada ulkan yutuqlarga erishish mumkinligini bildirishdi.

Oʻrganish ishlari davomida qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, yoshlarning qulay sharoitlarda shugʻullanishlari uchun imkoniyat yaratish boʻyicha tavsiyalar berildi. Rejaga koʻra, masʼullar kun davomida Tuyaboʻgʻiz suv omboriga tashrif buyurib, Oʻzbekiston Rowing&Canoe federatsiyasining yaqin 4 yillik rejasi bilan tanishishadi.

Text to speech