30 Noyabr 2024 210

Toshkentda ilk bor FIE Kongressi oʻtkazilmoqda

Bugun Toshkentda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE)ning navbatdagi Kongressi oʻz ishini boshladi. Biroz avval mamlakatimizda birinchi marotaba oʻtkazilayotgan mazkur tadbirning rasmiy ochilish qismi tashkil etildi. Unda Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, Qoʻmita Bosh kotibi Oybek Kasimov, FIE rahbariyati va Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olgan rasmiylarimiz mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz, Oʻzbekiston MOQ raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida sport sohasida ulkan islohotlar amalga oshirilayotgani, buning natijasida qilichbozlik sporti mamlakatimiz yoshlari orasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylanayotgani, Osiyo va jahon chempionlari yetishib chiqayotgani haqida taʼkidlab oʻtishdi. Shuningdek, FIE bilan yaqin hamkorlik kelgusida ham davom ettirilishini bildirdilar.

FIE yurtimizda qilichbozlik sportini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasini maxsus sovrin bilan mukofotladi. Uni Qoʻmita Bosh kotibi Oybek Kasimov qabul qilib oldi.

Tadbirda 137 davlatdan 280 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Kun davomida tashkilotning istiqboliga oid qator rejalar koʻrib chiqiladi.

Text to speech