29 Noyabr 2024
237
Ogʻir atletikachilarimiz Manamada jahon chempionatiga tayyorlanishmoqda
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Bahrayn poytaxtida tashkil etiladigan jahon chempionatiga tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini oʻtash uchun Manama shahriga yoʻl olgani haqida maʼlum qilgan edik. Ayni paytda sportchilarimizning mashgʻulotlari qizgʻin davom etmoqda.
Manama yigʻinida dunyo birinchiligida qatnashadigan 4 nafar sportchimiz ishtirok etyapti. Mashgʻulotlarda maxsus texnik harakatlar ustida ishlanyapti. Eslatib oʻtamiz, boʻlajak jahon chempionati 6-15-dekabr kunlariga belgilangan.