29 Noyabr 2024 149

“FEI Jumping World Challenge” o‘z g‘oliblarini aniqladi

28-noyabr kuni poytaxtimizdagi “Universal Horses Stables” ot sporti majmuasida “FEI Jumping World Challenge” tasnifidan oʻrin olgan bellashuvlar oʻtkazildi. Uch bosqichdan iborat mazkur bahslarda hamyurtlarimiz yuqori natijalar qayd etishdi. Oʻz yoʻnalishlarida gʻalaba qozongan chavandozlar bilan tanishing:

1-bosqich:
“A” toifasi (120-130 sm, toʻsiq balandligi): Mariya Dushenko (“Losinoʻs Boy”, ot laqabi)
“В” toifasi (110-120 sm): Yormuhammad Fozilxoʻjayev (“Acdarius”)
“С” toifasi (100-110 sm): Javohir Oʻrinboyev (“Champion”)

2-bosqich:
“A” toifasi (120-130 sm): Akbar Sharipov (“Affir”)
“В” toifasi (110-120 sm): Yormuhammad Fozilxoʻjayev (“Acdarius”)
“С” toifasi (100-110 sm): Viktoriya Vipriskaya (“Beethoven”)

3-bosqich:
“A” toifasi (120-130 sm): Akbar Sharipov (“Affir”)
“В” toifasi (110-120 sm): Ashrafxon Nigmatov (“Sweet and Sour”)
“С” toifasi (100-110 sm): Shavkat Abdurashidov (“Narletta A.V.”)

Text to speech