27 Noyabr 2024 598

Oʻzbekiston MOQ rahbariyati Osiyo Olimpiya kengashi Ijroiya qoʻmitasining yigʻilishida qatnashdi

Quvaytda Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Ijroiya qoʻmitasining 90-yigʻilishi oʻtkazildi. Unda tashkilot faoliyatining yaqin kelajakdagi rejalari, oldinda turgan yirik kompleks musobaqalar tayyorgarligiga doir masalalar koʻrib chiqildi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston nomidan OOK vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, Qoʻmita Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etishdi.

Yigʻilish kun tartibidan Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlarining tashkiliy masalalariga oid soʻnggi yangiliklar va ularning muhokamasi oʻrin oldi. Masʼullar mavzu boʻyicha oʻz taqdimotlarini namoyish etishdi. Shuningdek, tadbirda OOK doimiy qoʻmitalari oʻz faoliyati yuzasidan hisobot berishdi. Qolaversa, Osiyo Olimpiya kengashi hamda Quvayt hukumati oʻrtasida tashkilot shtab-kvartirasining avtonomligi boʻyicha kelishuv imzolandi.

Xizmat safari davomida Quvayt davlati hamda Olimpiya oilasining yuqori martabali aʼzolari, OOK rahbariyati bilan oʻzaro hamkorlik masalalariga oid uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Unda tashkilotlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlash haqida soʻz bordi.

Text to speech