Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida Qashqadaryo viloyati tengsiz boʻldi
Jizzaxda dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi mamlakat chempionati oʻz yakuniga yetdi. Toʻrt kun davom etgan murosasiz kurashlarda Qashqadaryo viloyati jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi. Buxoro viloyati 2 ta oltin, 6 ta kumush 2 ta bronza medallari bilan ikkinchi natijani qayd etgan boʻlsa, 2 tadan oltin va kumush, 4 ta bronza medallarini jamgʻargan Xorazm jamoasi kuchli uchlikni yakunlab berdi. Bugun eng ogʻir vazn toifasida kechgan bellashuvlarning natijalari bilan tanishing:
Erkaklar, +100 kg:
1. Islombek Ravshanqulov
2. Oʻtkirbek Toʻraboyev
3. Javohir Murodullayev
3. Bahrom Rajabov
Ayollar, +78 kg:
1. Umida Nigʻmatova
2. Mohlaroyim Toʻxtamisheva
3. Fotima Quramboyeva
3. Irisxon Qurbonboyeva