Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yangi nomlarni kashf qilmoqda
“Jizzax Kibersport arenasi” dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatini qabul qilmoqda. Dastlabki kun erkaklar va ayollar o‘rtasida yengil vazn toifalarida g‘olib hamda sovrindorlar aniqlab olindi. Ahamiyatlisi, ba’zi vazn toifalarida g‘oliblikka asosiy da’vogar deb kutilgan sportchilar hatto shohsupaga ko‘tarila olmadi. Yangi nomlarni kashf etib berayotgan musobaqaning birinchi kunida sovrinli o‘rinlardan joy olgan dzyudochilar:
Erkaklar, -60 kg:
1. Anvarjon Ibrohimov
2. Murodil Murodillayev
3. Bahrom Baturov
3. Asadbek Misirov
-66 kg:
1. Azizbek Ortiqov
2. Zamaxshariy Bekmurodov
3. Abdurahim Nutfullayev
3. Artyom Shturbabin
Ayollar, -48 kg:
1. Laziza Haydarova
2. Ruxshona Alisherova
3. Fotima Tursunboyeva
3. Ulbusin Hakimova
-52 kg:
1. Gulhayo Jo‘rayeva
2. So‘g‘diyona Rafkatova
3. Zarina Jamalova
3. Umida Jumaniyozova
Bugun erkaklar -73 va -81 kg, ayollar -57 va -63 kg vazn toifalarida bahs olib borishadi.