7 Iyul 2021 1860

MOQ raisi litsenziatlarimizning tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi

Ayni paytda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik olib borayotgan aksariyat vakillarimiz Toshkent viloyati Angren shahri yaqinidagi “Dukent” o‘quv-mashg‘ulotlar bazasida shug‘ullanishmoqda. MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov bugun atletlarimizning tayyorgarligi bilan tanishdi.

Hozirda ushbu bazada qilichbozlik, yengil atletika, sport kurashlari va Paralimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalarimiz mashg‘ulot olib borishmoqda. Olimpiyachilarimiz uchun bu yig‘in musobaqa oldidan so‘nggi tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, unda sportchilarimizning texnik va taktik qobiliyatlarini kuchaytirish, ularni musobaqaga yaqin eng yuqori sport formasiga olib chiqish ko‘zda tutilgan.

MOQ rahbari har bir sport turidagi vakillarimiz bilan alohida, birma-bir suhbatlashib, ularning kayfiyati, salomatligi va tayyorgarlik jarayoni haqida gaplashdi. Murabbiylar shtabi bilan sharoitlar, so‘nggi tayyorgarlik rejalari, shifokorlar bilan suhbatda esa epidemiologik holatni yana-da qattiq nazoratga olish bo‘yicha bazada olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.

Text to speech