21 Noyabr 2024 77

Bokschilarimiz Osiyo chempionatiga tayyorlanishmoqda

28-noyabrdan 12-dekabrgacha Tailandning Chiangmay shahri boks boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Ayni paytda terma jamoamiz ushbu musobaqaga tayyorgarlikning oxirgi bosqichini olib bormoqda.

Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Toʻlqin Qilichevning soʻzlariga koʻra, mashgʻulotlar Toshkent shahrida olib borilmoqda. Jamoa 27-noyabr sanasida Tailandga yoʻl olishi rejalashtirilgan. Hozirda tayyorgarlik sportchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan.

Text to speech