7 Iyul 2021 2277

Shahram G‘iyosov va Nilufar Shomurodovani tabriklaymiz!

Bugun ajoyib bokschimiz Shahram G‘iyosov hamda badiiy gimnastika bo‘yicha terma jamoamiz vakili Nilufar Shomurodova tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.

Shahram G‘iyosov 1993 yil 7 iyul kuni Buxoroda tug‘ilgan. Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarining kumush medal sohibi. 2017 yil Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionati va Gamburgda o‘tgan jahon chempionati g‘olibi. Hozirda professional boksda yorqin janglari bilan muxlislarimizni xursand etib kelmoqda. Qayd etgan natijalari uchun “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Nilufar Shomurodova 1999 yil shu kuni dunyoga kelgan. Badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati, Jahon kubogi bosqichi g‘olibi, Gran-pri va boshqa toifalardagi nufuzli musobaqalar sovrindori. O‘tgan oy poytaxtimizda o‘tgan Osiyo chempionatining guruh mashqlari yo‘nalishida Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi har ikki sportchimizni tavallud ayyomi bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech