18 Noyabr 2024
408
Jahon sporti yangiliklari:
- Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ)ning Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasi Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga olib borilayotgan tayyorgarlikni koʻzdan kechirdi. Uch kunlik dastur davomida tashkiliy qoʻmita boʻlajak Oʻyinlar uchun yangi arena qurish koʻzda tutilmagani, Kaliforniya Universitetining yotoqxonasi Olimpiya va Paralimpiya shaharchasi vazifasini oʻtab berishini maʼlum qildi. Ishchi guruh tashrifi davomida bellashuvlarini qabul qilishi kutilayotgan qator obyektlarni koʻzdan kechirdi;
- Portugaliyada Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB)ning navbatdagi Kongressi oʻtkazildi. Unda braziliyalik Fabio Azavedo kelgusi sakkiz yil uchun tashkilotning yangi rahbari etib saylandi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisining oʻrinbosari Jamshid Fayziyev qatnashdi.
- Saudiya Arabistoni Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi (UIPM)ning 73-Kongressiga mezbonlik qildi. Tadbirda amerikalik Robert Stall tashkilotning yangi prezidenti etib saylandi. Bungacha UIPM rahbari boʻlgan Klaus Shorman esa faxriy prezident sifatida faoliyat olib borishi belgilandi. Mazkur Kongressda Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev ham ishtirok etdi.
- Togʻ changʻisi boʻyicha Olimpiada chempioni, amerikalik Lindsi Vonn 40 yoshida katta sportga qaytayotganini maʼlum qildi. Vonn joriy mavsumdan musobaqalarda startga chiqadi.