16 Noyabr 2024
454
Ikki oʻzbek sablyachisi Jahon kubogining finalida bellashishdi
Toshkent mezbonlik qilayotgan qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichida yakkalik bellashuvlari yakunlandi. Quvonarlisi, yigitlar oʻrtasidagi bahslarning finalida ikki oʻzbek sportchisi oltin medal uchun jang qilishdi. Hal qiluvchi bosqichgacha barcha raqiblarini magʻlub etgan Islombek Abdazov hamda Zuhriddin Qodirov oʻrtasidagi final ham murosasiz kechdi. Yakunda Abdazov 15:14 hisobida gʻalaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi.
1. Islombek Abdazov (Oʻzbekiston)
2. Zuhriddin Qodirov (Oʻzbekiston)
3. Adem Kupeli (Turkiya)
3. Oskar Vajda (Vengriya)