16 Noyabr 2024
315
Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi oʻz faoliyatini tugatdi
Zamonaviy beshkurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Alise Faxrutdinova professional sportdagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Bu haqida sportchimiz oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
Qayd etish joiz, Faxrutdinova ikkita Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u zamonaviy beshkurash boʻyicha Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan ilk oʻzbekistonlik atlet hisoblanadi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sportchimizning kelgusi faoliyatida omad tilaydi.