15 Noyabr 2024 309

Fernanda Errera Toshkentda start olgan Jahon kubogida oltin medalga sazovor boʻldi

Bugun poytaxtimizda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon kubogi bosqichi boshlandi. Avval maʼlum qilganimizdek, musobaqani qizlar oʻrtasidagi bellashuvlar ochib berdi.

Barcha bahslarda raqiblaridan yaqqol ajralib turgan Oʻzbekiston terma jamoa jamoasi aʼzosi Fernanda Errera yakunda oltin medalga ega chiqdi. Hamyurtimiz finalda neytral maqomda jang qilgan Polina Mishakinani 15:13 hisobida magʻlubiyatga uchratib, turnir gʻolibiga aylandi.

1. Fernanda Errera (Oʻzbekiston)
2. Polina Mishakina (Neytral sportchi)
3. Kseniya Konya (Vengriya)
3. Mariya Tretyakova (Neytral sportchi)

Text to speech