14 Noyabr 2024 383

FEI prezidenti Toshkentda oʻtgan konkur boʻyicha xalqaro musobaqani eʼtirof qildi

BAAning Abu-Dabi shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI)ning navbatdagi Bosh assambleyasi oʻtkazildi. Unda tashkilotning 2024-yil yakuni boʻyicha hisoboti va 2025-yil uchun rejalari koʻrib chiqildi. Mazkur tadbirda yurtimiz nomidan Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev ishtirok etdi.

Xalqaro ot sporti federatsiyasi prezidenti Ingmar De Vos yil davomida oʻtgan tadbirlar haqida toʻxtalar ekan, 21-27-oktyabr kunlari Toshkent mezbonlik qilgan “FEI Jumping World Challenge Final” musobaqasi yuqori saviyada tashkil etilgani haqida toʻxtaldi. Tadbirda 2025-yilga belgilangan barcha musobaqalar taqvimi va tashkilot byudjeti koʻrib chiqildi.

Tadbir davomida B.Gaziyev bir qator milliy federatsiyalar rahbarlari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish borasida suhbatlashdi. Shuningdek, FEI rahbariga esdalik sovgʻasini topshirdi.

Text to speech