14 Noyabr 2024
106
Dmitriy Adisman 60 yoshda!
Uzoq yillardan beri yurtimizda jismoniy tarbiya va sport, qolaversa, Olimpizm harakatini ommalashtirish yoʻlida katta xizmat koʻrsatib kelayotgan tajribali mutaxassis, Oʻzbekiston maxsus Olimpiadasining amaldagi raisi, faoliyati davomida Oʻzbekiston yengil atletika, bodibilding va fitness, basketbol, dzyudo federatsiyalarining rahbarlik lavozimlarida samarali mehnat qilgan, hozirda “Paxtakor” futbol klubining bosh direktori sifatida ish olib borayotgan Dmitriy Adisman qutlugʻ 60 yoshni qarshi oldi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Dmitriy Aleksandrovichni bugungi ayyom bilan qutlab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi.