Yengil atletikachilarimiz Urumchidagi xalqaro musobaqada
Xitoyning Urumchi shahrida yengil atletika boʻyicha yopiq inshootlardagi xalqaro musobaqa oʻz yakuniga yetdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi kechgan turnirning ikkinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi oltin va bronza medallariga sazovor boʻldi.
Oltin medalga U16 yosh toifasida bahs olib borgan Anastasiya Silchenkova mualliflik qildi. Musobaqaning dastlabki kunida 1500 metrga yugurish dasturida gʻalaba qozongan hamyurtimiz 3000 metr masofada ham tengqurlari orasida eng yuqori koʻrsatkichni qayd etdi. U18 toifasidagi qizlar bahsida balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan Leyla Qambarova ikki mezbon atletlardan keyin uchinchi boʻldi.
Shu tariqa, yengil atletikachilarimi mazkur musobaqada 5 ta oltin va 2 ta bronza, jami 7 ta medal jamgʻarishdi.