11 Noyabr 2024
197
Kamonchilarimiz Qarshida yangi mavsumga tayyorlanishmoqda
Ayni kunlarda kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Qarshi shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib borishmoqda. Rejaga koʻra, 3-noyabr kuni boshlangan yigʻin 26-noyabrga qadar davom etadi.
Mashgʻulotlarda sportchilarimiz maxsus va umumiy jismoniy tayyorgarlik ustida ishlashmoqda. Oʻquv-mashgʻulot yigʻinida 8 nafar sportchimiz ishtirok etmoqda. Joriy yigʻin jamoamizga kelasi yil kutib turgan xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.