11 Noyabr 2024 674

O‘zbekiston MMA jamoasi dunyoda tengsiz

Yurtimiz ilk bor mezbonlik qilgan aralash jang san’ati (MMA) turlari bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, kattalar jamoamizdan keyin yoshlarimiz ham umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Yoshlarimiz shiddatli bellashuvlarda 4 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza medallarini jamg‘ardilar.

 Oltin medal:
-65.8 kg: Zafarjon Asatov
-97 kg: Mirjalol Uralov
-65.8 kg: Muzayana Sadriddinova
-79.4 kg: Xurshida Roziqova

 Kumush medal:
-52.2 kg: Firdavs Atamuradov
-83.9 kg: Sarvarbek Hasanov
-70.3 kg: Ra’no Nasriddinova
-74.8 kg: Mahliyo Abdumannopova

 Bronza medal:
-56.7 kg: Shohjahon Temirov
-61.2 kg: Ilhomjon Borisov
-65.8 kg: Suhrob Boymatov
-88.4 kg: Islombek Quvonchiyev
-93 kg: Yusufboy Ahmedov
-97 kg: Mirzohid Sobirov
+97 kg: Muhsinjon Mo‘minjonov
-65.8 kg: Odinaxon Abdug‘aniyeva
-74.8 kg: Shohsanam Amaniyazova
-79.4 kg: Xadichabonu Tursunqulova

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu dunyo birinchiligida qo‘lga kiritilgan yuksak natijalar bilan mamlakat MMA assotsiatsiyasi, sportchi va murabbiylarni samimiy qutlaydi.

Text to speech