9 Noyabr 2024 255

Yurtimiz ilk bor mezbonlik qilayotgan MMA boʻyicha jahon chempionatining ochilish marosimi oʻtkazildi

Poytaxtimizda oʻtayotgan aralash jang sanʼati (MMA) turlari boʻyicha jahon chempionatining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. “Humo arena”da tashkil etilgan tantanali tadbirda Xalqaro aralash jang sanʼati federatsiyasi (IMMAF), Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirok etdi.

Marosimda soʻz olgan rasmiylar mamlakatimiz ilk bor mezbonlik qilgan ushbu musobaqa yuqori saviyada tashkil etilayotgani, bellashuvlar yangi nomlarni kashf etib berayotgani, bir qator jihatlar boʻyicha tarixiy jahon chempionatiga aylangani haqida toʻxtalib, oldinda turgan finallarda barcha jangchilarga omad tilashdi.

Tadbirning badiiy qismidan soʻng kechki dasturdan oʻrin olgan finallar boshlandi. Eslatib oʻtamiz, bugun Oʻzbekiston terma jamoasining 4 nafar aʼzosi jahon chempionligi uchun bellashadi.

Text to speech