9 Noyabr 2024 205

IMMAF Bosh assambleyasida qator muhim masalalar koʻrib chiqildi

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizdagi “Humo arena” majmuasida aralash jang sanʼati (MMA) turlari boʻyicha jahon chempionati oʻtkazilmoqda. Bugun ushbu musobaqa doirasida IMMAF Bosh assambleyasi oʻtkazildi.

“Renessans kino uyi”da oʻtkazilgan tadbirda Kerrit Braun boshchiligidagi Xalqaro aralash jang sanʼati federatsiyasi (IMMAF) rahbariyati, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Toshmatov va Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Tadbirda xalqaro federatsiyaning kuzatuv kengashi bilan yil yakunlari boʻyicha muhokama oʻtkazildi. Unda erishilgan natijalar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar aytilib, kelasi yil uchun rejalar boʻyicha fikr almashildi. Shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, oldinda turgan musobaqalar uchun mezbon davlatlarni aniqlash, kuzatuv kengashi va sanoq komissiyasini qayta shakllantirish masalalari ham koʻrib chiqildi. Bundan tashqari, qator mamlakatlarning aʼzolik arizalarini koʻrib chiqish kabi muhim masalalar kun tartibidan oʻrin oldi.

Text to speech