6 Noyabr 2024 249

Toshkent-2025: Direksiya faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi

Poytaxtimizda barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasida qurilish ishlari bir necha oydan keyin yakunlanadi. Unda barpo etilayotgan inshootlardan samarali foydalanish kun tartibidagi asosiy masalalardan biriga aylanib bormoqda. Bugun mazkur mavzu Sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi, Toshkent-2025 direksiyasi direktori Oybek Kasimov, O‘yinlar direksiyasi xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.

Qayd etish joiz, binolar foydalanishga topshirilgach, ko‘plab sport federatsiyalar va assotsiatsiyalar ushbu kompleksga ko‘chib o‘tadi. Bugungi suhbat davomida federatsiyalarning joylashuvi yo‘llangan talablar asosida batafsil ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar bu borada mavzuning dolzarbligi xususida to‘xtalib, joylashuv to‘g‘ri tartibda amalga oshirilgan bo‘lishi lozimligi haqida qo‘shimcha qilishdi.

Shuningdek, direksiya faoliyatini yanada takomillashtirish borasida ham fikr almashildi. Unga sohada ulkan tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb qilish, xalqaro tashkilotlar va qit’amizdagi Milliy Olimpiya qo‘mitalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Text to speech