6 Noyabr 2024 335

MOQ rahbariyati IMMAF prezidenti bilan jahon chempionati tashkilotchiligi boʻyicha fikr almashishdi

Poytaxtimizda oʻtayotgan aralash sang sanʼati turlari (MMA) boʻyicha jahon chempionati sport jamoatchiligining diqqat-markazida boʻlib turibdi. Bugun MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qoʻmita raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov “Humo arena”ga tashrif buyurib, jarayon bilan yaqindan tanishishdi.

Mutasaddilar shu yerning oʻzida Xalqaro aralash jang sanʼati federatsiyasi (IMMAF) prezidenti Kerrit Braun bilan uchrashishdi. Martabali mehmon barcha tashkiliy ishlar yaxshi yoʻlga qoʻyilgani, delegatsiyalar oʻzlarini erkin his qilayotgani haqida gapirib oʻtdi. Oʻz navbatida, MOQ rahbariyati bunda davlatimizning qoʻllab-quvvatlashini alohida eʼtirof etib, yuzaga keladigan masalalar qisqa fursatda hal etilishini bildirishdi.

Eslatib oʻtamiz, mamlakatimizda ilk bor oʻtkazilayotgan ushbu dunyo birinchiligi 10-noyabrga qadar davom etadi. Tantanali ochilish marosimi 9-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Text to speech