6 Noyabr 2024 176

Suvga sakrash bo‘yicha sportchilarimiz Qozonda shohsupaga ko‘tarilishdi

Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida suvga sakrash boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtmoqda. Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Vyacheslav Kachanov hamda Igor Myalin sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Hamyurtlarimiz 3 metrli tramplindan sakrash dasturida kumush medaliga sazovor boʻlishdi. Ularning chiqishlari hakamlar tomonidan 324,93 ballga baholandi.

Text to speech