5 Noyabr 2024
116
Velosportchilarimizga xorijlik murabbiylar tanishtirildi
Velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasida bir necha xorijlik murabbiylar ish boshlagani haqida ma’lum qilgan edik. Italiyalik Juzeppe Toni hamda germaniyalik Yoxan Dornbush Boʻstonliq tumanida yigʻin oʻtkazayotgan yoshlar terma jamoamiz bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Ushbu mutaxassislar sportchilarimizni Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlariga munosib tayyorlashga mas’ul hisoblanishadi. Suhbat davomida murabbiylar yosh atletlarimiz bilan alohida gaplashib, ularning oldiga qoʻygan maqsadlari, rejalari haqida fikr almashishdi.