5 Noyabr 2024 190

Mutasaddilar Olimpiya shaharchasidagi qurilish jarayonining bugungi holatini oʻrganishdi

Sport vaziri Adham Ikramov va Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov poytaxtimizda barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasidagi qurilish jarayonining bugungi holati bilan tanishishdi.

Oʻrganish mobaynida yakkakurash va jamoaviy sport turlariga ixtisoslashtirilgan majmualardan samarali foydalanish, Oʻzbekiston davlat sport akademiyasining kafedralari va federatsiyalarining ma’muriy binodagi joylashuvi koʻrib chiqildi. Vazir mavzu yuzasidan fikr bildirar ekan, shaharcha sportimiz taraqqiyoti yoʻlida ilmiy-amaliy klasterga aylanishi zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, qurilishga mas’ul Xitoyning “CAMC engineering” kompaniyasi vakillari bilan ham alohida uchrashuv tashkil etildi. Unda qurilish ishlarini oʻz vaqtida sifatli yakunlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Text to speech