Yigitlarimiz yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi
Chernogoriyaning Budva shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Bir necha kun davom etgan shiddatli bahslar yakunida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalga sazovor bo‘ldi.
E’tiborlisi, 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg‘argan yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Barcha g‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-48 kg: Sayfiddin Sobirov
-57 kg: Samandar Olimov
-63.5 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov
-86 kg: Akmaljon Isroilov
-92 kg: Halimjon Mamasoliyev
Kumush medal:
-75 kg: Jafarbek Shaxbozov
+92 kg: Shahzod Polvonov
-48 kg: Jasmin Tohirova
-81 kg: Ruxshona Parpiyeva
+81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova
Bronza medal:
-54 kg: Sobirjon Tastanov
-71 kg: Muhammad Azizbek Ismoilov
-70 kg: Oysha Toirova
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mazkur dunyo birinchiligida qo‘lga kiritilgan ushbu muvaffaqiyat bilan mamlakat boks federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni samimiy qutlaydi.