3 Noyabr 2024 221

Bugun Chernogoriyada yakuniy finallar oʻtadi

Chernogoriyada yakuniga yetib borayotgan boks bo‘yicha U18 yosh toifasidagi jahon chempionatida dastlabki finallar ortda qoldi. Unda ringga ko‘tarilgan O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar a’zosidan 2 tasi g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

 Oltin medal:
-48 kg: Sayfiddin Sobirov
-86 kg: Akmaljon Isroilov

 Kumush medal:
-48 kg: Jasmin Tohirova
-81 kg: Ruxshona Parpiyeva
-75 kg: Jafarbek Shaxbozov
+92 kg: Shahzod Polvonov

Chempionlik janglari bugun ham davom etadi. Kechki dasturda 4 nafar hamyurtimiz oltin medal uchun bahs olib boradi. Juftliklar:

-57 kg: Samandar Olimov - Yoxander Fuentes (Kuba)
-63.5 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov - Ali Abdullayev (Ozarbayjon)
-92 kg: Halimjon Mamasoliyev - Amirreza Malekkhatabi (Eron)
+81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova - Havvanur Kethuda (Turkiya)

Text to speech