2 Noyabr 2024 170

Ikki nafar triatlonchimiz Osiyo kubogida shohsupaga ko‘tarilishdi

Bugun Malayziyaning Kota-Kinabalu shahrida triatlon boʻyicha Osiyo kubogining navbatdagi bosqichi oʻtkazildi. Quvonarlisi, erkaklar oʻrtasida kechgan bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar a’zosi oltin va kumush medallarga ega chiqdi.

Mazkur tasnifdagi turnirlarda muntazam shohsupaga koʻtarilib kelayotgan yurtdoshimiz Jeremi Kuindos bu gal eng yaxshi natija qayd etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Aleksandr Kurishov kumush medal bilan taqdirlandi. Kuchli uchlikka avstraliyalik Oskar Dart yakun yasab berdi.

Text to speech